Jurnal haqida

Ilmiy-uslubiy nashr

"Tarannum" ilmiy jurnali zamonaviy ilm-fanning dolzarb muammolari, innovatsion g'oyalari va amaliy natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan nufuzli nashrlardan biridir. Jurnalda respublikamiz va xalqaro miqyosdagi yetakchi olimlar, tadqiqotchilar hamda doktorantlarning ilmiy maqolalari chop etiladi.

OAK tomonidan e'tirof etilgan nashr

Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 28-noyabrdagi 01-06/6845-sonli qarori bilan dissertatsiya ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga rasman kiritilgan.

Davlat ro'yxatidan o'tganligi

Ro'yxatga oluvchi organ: AOKA
Ro'yxatdan o'tgan sana: 31.03.2023
Guvohnoma raqami: № 071832
Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Jurnalning ilmiy yoʻnalishlari

Jurnalda quyidagi ixtisosliklar (yo'nalishlar) boʻyicha yozilgan yuqori saviyadagi tizimli ilmiy maqolalar nashr etiladi:

Falsafa
Filologiya
Pedagogika
Texnika
Qishloq xo'jaligi